Özbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan rejali işlar natijasida qoramollar soni 2,4 barobarga, qöy va eçkilar soni 2 karraga, parrandalar soni 1,9 martaga ösişiga hamda göşt mahsulotlari hajmi 2,8 barobarga, sut 2,7 martaga, tuxum 3,3 barobarga oşdi.
Şu bilan birga, davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining tahlili sohada bir qator muammo va kamçiliklar mavjudligini körsatmoqda, xususan:
davlat veterinariya xizmati sohasida işlarning umumiy holati mamlakatimizning jadal sur'atlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sur'atlaridan va hozirgi zamonning hayvonlar soğliği profilaktikasi hamda öz vaqtida va sifatli davolaşni ta'minlaşga qaratilgan zamonaviy talablardan sezilarli darajada ortda qolmoqda;
tarmoqda yagona vertikal boşqaruv tizimi yaratilmagan, uning moddiy-texnika bazasi ma'naviy va jismoniy jihatdan eskirgan;
hayvonlar kasalliklarini profilaktika qiliş va davolaşga ilmiy işlanmalar va zamonaviy veterinariya dori vositalarini işlab çiqarişni yölga qöyiş, innovatsion usullarni amaliyotga joriy qiliş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmayapti;
sohada kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş borasida ilmiy-tadqiqot va oliy öquv yurtlari bilan özaro hamkorlik yölga qöyilmagan.
Şu muammolarni tartibga soliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "Davlat veterinariya xizmati boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonni qabul qildi.
Veterinariya sohasida ilmiy-tadqiqotlar hajmi, kölami va sifatini oşiriş maqsadida mazkur farmonga muvofiq:
Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Özbekiston Qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti yangi taşkil etiladigan Davlat veterinariya qömitasi tizimiga ötkazildi;
Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning öta xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari böyiça davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi taşkil etildi;
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qöşimçalarning sifatini nazorat qiliş davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qöşimçalari sifati va muomalasi nazorati böyiça davlat ilmiy markaziga aylantirildi;




