London politsiyasi mamlakat poytaxtida 3 iyun oqşomida sodir etilgan qöporuvçilik harakatlari oqibatida qurbon bölganlar soni 6 nafar bölganini ma'lum qildi. Skotland-Yard vakili Mark Roulining ma'lumotiga köra, hodisalar oqibatida 30ga yaqin kişi jarohatlangan, hujumlarni uyuştirgan 3 şaxs otib öldirilgan.

«Ayni vaqtga kelib, afsuski, bizda 6 nafar qurbon haqida ma'lumot bor, politsiya hujum qilgan 3 şaxsni otib öldirgan. Jarohatlanganlar soni 30 nafarga yaqin», — degan Rouli.

Politsiya hodisa tafsilotlarini ham keltirgan. «Soat 22:08da (Toşkent vaqti bilan 4 iyun kuni soat 02:28 ) bizga London köprigida avtomobil piyodalar ustiga yurgani haqida ma'lumotlar ola boşladik. Maşina köprikdan Boro bozoriga qarab harakatlangan. Avtomobil içidagilar maşinadan çiqib, bir neça kişiga tiğli jarohat yetkazgan», — degan Rouli.

«Qurollangan politsiyaçilar 3 jinoyatçi bilan töqnaşgan, ularning barçasi otib öldirilgan. Politsiya ularni hodisa haqidagi xabar kelib tuşganidan 8 daqiqa ötib yöq qilgan. Hujum qiluvçilar ustida xudkuş anjomi körinişidagi moslamalar bölgan, ammo keyin aniqlanişiça, bular soxta bölib çiqdi» — deya ma'lum qilgan Rouli.

3 iyun kuni keçqurun London köprigida mikroavtobus odamlar ustiga yurib, 20 piyodani bosib ötgan. Şundan söng, avtomobil içidagi 3 kişi, «körinişidan janubliklarni eslatgan 3 kişi» 12-dyuymli (30 santimetrdan uzunroq) piçoqlar bilan yölovçilarga taşlangan. Avtomobil zigzag yönalişida harakatlangan va London köprigidan ketgan.

Köp ötmay London köprigi yaqinidagi Boro köprigida qurolli şaxslar odamlarga hujum qilgani haqida xabarlar paydo böldi.