Toşkent şahridagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida tahsil olgan Jasurbek Ibrohimov 1 iyun kuni kasalxonada vafot etdi. U 3 may kuni kollejdoşlari tomonidan qattiq kaltaklangaç, şifoxonaga tuşgandi. U şifoxonada 5 marta operatsiya qilingan, biroq uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.
Change.org saytida esa Jasurbek Ibrohimovni ölasi qilib kaltaklaganlarni jazolaş söralgan petitsiya paydo böldi.
«Ayni vaqtda petitsiyaga imzo qöyganlar soni 6500 nafardan oşdi (minimal - 7500).
Marhumning onasi, qarindoşlari va döstlari uşbu fojia aybdorlarini aniqlab, jinoiy javobgarlikka tortib, jazolaşni sörab, Özbekiston prezidentiga va hukumatga murojaat qildi.
Quyida Jasurbekning onasi tomonidan yozilgan maktub keltiriladi. Bu maktub ösmirning ölimidan oldinroq yozilgan.
Mening öğlim, 1999 yil, 11 dekabrda tuğilgan Ibrohimov Jasurbek Mahammadjon öğli, Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining 2-kursida, 213-guruhda ta'lim oladi. U odobli bola, yaxşi öqiydi, içmaydi, çekmaydi, sport bilan şuğullanadi. U otasi va kiçik farzandlarimiz bilan yaxşi munosabatda. Men va turmuş örtoğim oliy ma'lumotlimiz va barça farzandlarimiz soğlom oilada, mehr va muhabbat bilan tarbiyalanmoqda.
3 may kuni, men işga ketayotganimda, soat 08:30da öğlim uyda edi, şu kuni uning kollejdagi darslari soat 13:20da boşlanişi kerak edi. Keçki soat 17:08da öğlim Jasur menga uyimiz telefon raqamidan qönğiroq qildi va tezroq uyga kelişimni söradi. U yiqilib tuşgani va burnidan töxtamay qon oqib, qorni qattiq oğriyotgani haqida aytdi.
Uning ovozi meni qattiq qörqitib yubordi, çunki u sözlarni zörğa aytar, uning gaplarini tuşuniş qiyin edi. Uyga qaytişda men «Tez yordam» maşinasini çaqirdim va şu zahoti turmuş örtoğim Mahammadjon Tursunovga qönğiroq qilib, undan uyga tezroq yetib kelişni sörab, unga Jasur yiqilib tuşganini, uning qörqinçli ovozda gapirganini aytdim.
Men va turmuş örtoğim uyga bir vaqtda yetib keldik, biz podezdda körişib, uyga kirayotganimizda eşik oçiqligini kördik, içkarida Jasur baland ovozda ingrayotgandi. Bolalar xonasiga yugurib kirdik va qörqinçli manzaraga duç keldik: Öğlim polda içki kiyimda bukilib yotar, qattiq ingrardi. Unga yugurib borib, boşini kötarganimizda uning holatidan dahşatga tuşdik: uning burni, oğzi va quloqlaridan qon oqar, beli momataloq, tirsaklari şilingan, tizzalari singan, peşonasi yorilgandi.
Mavzuga oid
Biz uni darhol karavotga yotqizdik, ammo u baqirar, qorni qattiq oğriyotganini aytardi. Qornining öng tomoniga qarab, poyabzalning izlarini, tomoği, jağ sohalarida barmoqlar izlarini kördik. Men undan nima bölganini söraganimda, u Vestminster universiteti yaqinidagi lotokka tuşib ketganini aytdi.
Karavot töliqligiça qonga belangan, gilamda qonli edi, bir çetda Jasurning singan telefoni yotardi. Men höl soçiq uçun vannaxonaga kirganimda, vanna, rakovina, unitaz, pol qon bilan qoplangani, polda uning kiyimlari yotgani (jinsi şimi tizzalari yirtilgan holda edi), kiyimlar çang ekani, şim va köylakda qon yuqi borligini kördim.
Soat 17:40da «Tez yordam» maşinasi yetib keldi va bizni Yunusoboddagi 17-şahar kasalxonasiga yetkazdi, Jasur yöl böyi ingrab bordi. UTT ötkazilgaç, şifokorlar öğlimda buyrak va oşqozonosti bezi işdan çiqişi yuz bergan bölişi mumkinligi, rentgen ma'lumotlari esa miya çayqalişi va burun qismida siniş borligini körsatgani haqida aytişdi. Şifokor bizni 5-bolalar kasalxonasiga yubordi, çunki öğlim 18 yoşga tölmagan edi.
«Tez yordam» maşinasi Yunusoboddagi 5-bolalar kasalxonasiga yetib kelganida, öğlim qon qusişni boşladi. 5-bolalar kasalxonasi navbatçi şifokori öğlimni olib qola olmasligini, unda içki organlarda juda jiddiy jarohatlar borligini aytib, bizni 14-bolalar kasalxonasiga («Sayohat» mehmonxonasi yaqinida) jönatdi.
Soat 19:00da «Tez yordam» maşinasi bizni 14-bolalar kasalxonasiga olib keldi, bu yerda Tohir ismli boş şifokor örinbosari bolamizni körikdan ötkazib, uni zudlik bilan reanimatsiyaga joylaştirdi (buning uçun ona sifatida unga ta'zim qilaman). Şifokor Jasurning tanasidagi jarohatlar zarbalar oqibati ekani, bu bir neça şaxs tomonidan amalga oşirilgan kaltaklaş tufayli paydo bölganini aytdi. Şifokorlar undagi jarohatlarni suratga tuşirişdi.
Keyingi ikki kun mobaynida öğlimni körikdan ötkazişdi, bu vaqt davomida unga kuçli oğriq qoldiruvçi preparatlar berildi, çunki u oğriqlardan qiynalayotgandi.
Biroq öğlimning ahvoli keskin yomonlaşdi, soat 11:30da bizni MRT’ga yuborişdi, natijalar olingaç, soat 19:00da rentgen qilib, keyin operatsiya xonasiga ötkazişdi. 5 may kuni soat 19:30da operatsiyani boşlaşdi, operatsiya 5 soatdan ortiq, 24:30gaça davom etdi.
Operatsiyani 3 vraç — boş şifokor örinbosari Tohir, boş jarroh Norböta va navbatçi mas'ul jarroh (ismini eslay olmadim, rus erkak) ötkazdi. Operatsiya tugagaç, şifokorlar menga öğlimning ahvoli oğirligi, operatsiya murakkabligi, Jasurda ön ikki barmoqli içak zararlangani, buyragini töla gematoma qoplagani, oşqozonosti bezi jiddiy lat yegani, boşqa organlari ham jarohatlangani, peritonit (yiringlaş) boşlangani tufayli qorin böşliği töqimasining bir qismi olib taşlanganini ma'lum qilişdi.
Şuningdek, şifokorlar öğlimni bir neça kişi döpposlagani böyiça taxminimni tasdiqlaşdi, öğlim ham huşiga kelgaç, birinçi zarbadan keyin yiqilgani, turişga uringanida, tizzalab turganida, turli tomondan tepkilaşgani, keyin huşini yöqotgani haqida aytdi.
6 maydan 8 maygaça vaqt davomida öğlim oğir ahvoldaligiça qoldi, 8 may kuni soat 21:00da uni yana jarrohlik stoliga yotqizişdi.
18 may kuni ahvoli oğirligi tufayli, öğlim 16-şahar kasalxonasiga ötkazildi.
19 may kuni ötkazilgan operatsiyada esa uning öt pufagini olib taşlaşdi.
20 may kuni takroriy operatsiya ötkazildi. Keça, 28 may kuni qon ketişi boşlangani tufayli, soat 23:00da yana majburiy operatsiya ötkazişdi. Hozirda öğlim juda oğir ahvolda reanimatsiyada qolmoqda.
5 may kuni soat 10:00da, kasalxonaga kelganimda, reanimatsiya oldida Islomning otasi turganini kördim. Keyinroq reanimatsiya mudiri Mahfuza Tölqinovna ertalab soat 7:30da Jasurni körgani bobosi kelgani va u bilan gaplaşgani haqida aytib, uni körsatdi. Lekin u heç qanaqasiga öğlimning bobosi emas — u mening öğlimni urgan Islomning otasi!!!
Bu kunlarda, öğlim kasalxonada yotganida aslida nima bölganini özim aniqlaşga harakat qildim.
Bu öğlimni guruh bölib döpposlaşga aloqadorlar röyxati:
1. Islom, 2-kurs,
2. Ölmas, 2-kurs,
3. Timur, 3-kurs,
4. Hurmat, 3-kurs,
5. Timur, 2-kurs,
6. Bekzod, 2-kurs.
Ularning ikkisi bezori sifatida röyxatda ham turadi:
Timur, 3-kurs,
Hurmat, 3-kurs.
Şuningdek, muştlaşuvda iştirok etgan Borovskiyning boşqa öquvçilari aytişiça, Islomning otasi va onasi advokat, u militsiyani sotib olgan va bu iş, avvalgilari kabi yopdi-yopdi bölib ketadi.
Ularning aytişiça, Ölmas orqadan kelib öğlimni kuç bilan tepgan, söng öğlim yiqilgan, qolganlar esa uni har tomondan tepkilaşni boşlagan, oxirida Ölmas yerda yotgan öğlimni suratga tuşirgan.
2-3 oy avval ham Borovskiy öquvçilari örtasida şunga öxşaş muştlaşuv bölgan, Islom va Ölmas 2-kursda öqiydigan Temurni döpposlagan, u yuzidan jarohatlar olgan (yuziga bir neça çok tuşgan), şundan söng uni suratga olib, hammaga namoyiş etişgan, Temurni uzoq vaqt masxara qilib yurişgan.
Bu iş yopilgan, Islom va Ölmas jabrlanuvçiga 200 dollardan pul bergan. Kollej talabalarining sözlariga köra, Islom va Ölmas kuçsizroq talabalarni doimo kaltaklaşgan, ularning ota-onasi pul bilan jabrlanuvçilarning oğzini yopişadi, şu bilan yopiğliq qozon yopiğligiça qolib ketaveradi. Bu ösmirlar esa kaltaklaş va bu jarayonni tasvirga tuşirişdan, şuningdek, heç bir jazoga mubtalo bölişmayotganidan hayvoniy lazzat olişadi.
Men bu voqea haqida dekan Mariella Tulenovnadan söraganimda u «heç qanday qörqinçli voqea bölgani yöq», deb javob berdi. Agar şunday bölsa, ular tomonidan kaltaklangan özbek guruhi 2-bosqiç talabasi Temur nega özi bilan bölgan hodisa haqida aytişdan va uni ham öğlim, Jasurning köyiga solişlaridan qörqadi?
3 maydagi muştlaşuv qayerda yuz berganini aniqladim — bu soat taxminan 12:00-16:00 oraliğida Özbekiston Harbiy prokuraturasi va 145-maktab hududlariga tutaş joyda röy bergan. Harbiy prokuratura binosida videokuzatuv kameralari bor va hodisa kameralarga yozib olingan bölişi mumkin. Garajlar oldida stomatologiya klinkasi bor (Istiqbol köçasi, 25-uy), klinika xodimlari Nigina va Lena oq köylakdagi 7 ösmirni körganini, ulardan biri qonga belangani, qolgan olti bola Niginaga qonga belangan bola özi yiqilib tuşganini aytişgan, Nigina va Lena öğlimga birinçi tibbiy yordamni körsatişgan.
Ammo, SIZga yöllayotgan murojaatimga qadar na biz, na mazkur ösmirlar «banda»si söroq qilindi, hatto videoyozuvni olişga ham qiziqib körişmadi. Bu vaziyatga na Borovskiy kollejining pedagogik jamoasi, na bu ösmirlarning ota-onalari, na tuman içki işlar boşqarmasi munosabat bildirayotgani tuşunarsiz holat. Aynan şunday yaramaslar voyaga yetgaç, öz Vatanini sotadi va turli kriminal guruhlarga, jumladan, IŞID safiga qöşiladi.
Men muştlaşuvga aloqador olti öquvçining familiyalarini öqituvçilardan söraganimda, ular bu öquvçilarning familiyalarini bilmasliklarini aytişdi.
Avvaliga, 4 may kuni Islom haqida dekan Mariella Tulenovnadan söraganimda, u bu öquvçi darsda bölganini aytdi. Bir neça kundan keyin esa Islomning öqituvçisi Janna Vorotnikova Şuhratovna öz darsini taşlab, oçiq darsda qatnaşiş uçun boşqa sinfga çiqqanini, qaytib kelganida Islom darsda bölganini aytdi. 19 may kuni esa dekan öquvçilar tanaffus vaqtida taşqariga çiqqanini, Ölmas (2-kurs, 226-guruh öquvçisi) muştlaşuvda umuman qatnaşmaganini ayta boşladi. Modomiki, Janna Vorotnikova Şuhratovna, «Şaxs va jamiyat» fani öqituvçisi va dekan Mariella Tulenovna yolğon gapirib, bezorilarni yaşirayotgan ekan, kollej ma'muriyati (direktor) Lutfi Yöldoşevna Yusupova qayerga qarayapti? Balki, ma'muriyat ularga bunday harakatlar uçun ruxsat berar va ularning jinoiy harakatlarini pul evaziga yaşirar???
Umid qilamanki, adolat qaror topadi va barça aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.