AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Fors körfazi mamlakatlarining Qatar bilan diplomatik munosabatlarini uzgani töğrisidagi xabarlardan söng şu xususda bayonot berdi. U mintaqa davlatlarini birdamlikka çaqirdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

Duşanba, 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini uzganligini e'lon qildi. Ular rasmiy Doxani terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş hamda uşbu arab davlatlaridagi içki vaziyatni beqarorlaştiriş böyiça harakatlarni olib borayotganlikda aybladi. 

"Biz, albatta, tomonlarni muzokaralar davrasiga ötiriş va tuşunmovçiliklarga barham berişga çaqiramiz", — deya Sidneyda şunday bayonot bergan Tillerson sözlarini keltiradi agentlik. 

"Agar muammolarni bartaraf etiş borasida biror yordam bera olsak, unda biz Fors körfazi arab davlatlari hamkorligi kengaşi yagona bölib qolişini xohlaymiz", — deb qayd etgan Tillerson.