Insayderlarning ma'lumotiga köra, Amazon devayslari Android 7.1 operatsion tizimining eng yangi versiyasini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek smartfonlarga Google'ning barça qadrdon dasturlari (poçta, dökon ilovalari va b.) örnatiladi. 

Tarqatilgan ma'lumotlarga işonadigan bölsak, yangi qurilmalardan biri 5,2 dyuymli displey, Snapdragon 435 protsessori, 2 Gb operativ va 16 Gb içki xotiraga ega böladi. Bundan taşqari, Amazon smartfoni 13 megapikselli kamera bilan ta'minlanişi aytilmoqda. 

Ice lineyka telefonlari rivojlanayotgan davlatlarda sotilişi taxmin qilinmoqda. Masalan, Hindistonda yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga ega telefon uçun 6000 rupiy (93 dollar atrofida) söraladi. 

Eslatib ötamiz, Amazon kompaniyasi 2014 yilda özining ilk Fire Phone smartfonini taqdim etgandi.