Avstraliya boş vaziri Malkolm Ternbull terrorizmga qarşi kuraş maşhur dastur-messenjerlar işlab çiqaruvçi kompaniyalardan maxsus xizmatlarga öz mahsuloti kodini taqdim etişni talab qilmoqda.
Duşanba kuni jurnalistlarning Londondagi teraktlarga doir savollariga javob berar ekan, Avstraliya hukumati rahbari şunday dedi: "Bugun milliardlab kişilar WhatsApp va Messanger kabi dasturlar yordamida şifrlangan trafiklardan foydalanadi. Uşbu dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi kompaniyalarning hamkorligi kerak. Bizning xavfsizlik xizmatlarimiz bunday xabarlarga kiriş imkoniga ega bölişi kerak".
Ternbull şuningdek Britaniya boş vaziri Tereza Meyning "ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik materiallarga haddan ziyod çidamli" ekani borasidagi fikriga roziligini bildirdi. "Bu masalada Facebook va Twitter kabi yetakçi ijtimoiy platformalar bilan hamkorlik talab qilinadi", - deya ta'kidladi Avstraliya boş vaziri.













