Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishni mo‘ljallamoqda
Markaziy bankda Yevropa Investitsiya Banki (YeIB) delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarining loyihalarini moliyalash uchun tijorat banklariga kredit liniyalari ochish masalalari muhokama etildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudak rahbarlik qilgan.
O‘zbekiston muqobil, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barpo etish, energiya samaradorligini oshirish va texnologiyalar transferi uchun YeIBning mablag‘laridan foydalanishdan manfaatdor. Chunki hozirgi paytda yoqilg‘i-energetika kompleksi, energiya tejamkorligini joriy etish sohalarida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ochilmoqda. Bank, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, O‘zbekistonning sanoat sohasi raqobatbardoshligini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash, mamlakat infratuzilmasini va boshqa sohalarni yuqori ko‘tarishda to‘plagan boy tajribalarini baham ko‘rmoqchi.
Bank shu yilning iyul oyida hukumat bilan O‘zbekiston va YeIB o‘rtasida bankning mamlakatdagi faoliyatini belgilab beruvchi bitim tuzishni mo‘ljallamoqda.
Muzokaralar jarayonida O‘zbekiston va YeIBning investitsiya salohiyati va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.
Mavzuga oid
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
16:44 / 28.03.2026