Apple kompaniyasi Xeon’ning 8, 10 va 18 yadroli protsessorlariga ega iMac Pröning yangi versiyasini taqdim etdi. Apple’da işlab çiqaruvçanlik darajasi 22 teraflopsgaça bölgan yangi professional işçi stansiyani “eng kuçli iMac” deb ataşgan. Qurilma WWDC 2017 anjumanida taqdim etildi.

Apple vakillari sözlariga köra, yangi işçi stansiya maşinada öqitiş, real vaqtdagi 3D-rendering va VR-grafikani yaratiş uçun “juda mos tuşadi”.

Işlab çiqaruvçanlik darajasi – 11 teraflopsgaça, 16 GB va 128 GB.lik Radeon Vega videokartasi. Kompyuterlarda törtta Thunderbolt porti va yangi sovutiş tizimi örnatiladi.

iMac Pröning sakkiz yadroli protsessor, 32 GB.lik operativ xotira va 1 TB.lik jismoniy xotiraga ega boşlanğiç versiyasi dekabrda 4999 dollardan sotuvga çiqariladi.

Şuningdek, Apple iMac’ning yangilangan versiyalarini taqdim etdi, ularda 2 TB.lik yaxşilangan SSD-disklari böladi. Operativ xotira 32 GB bölgan versiyada 21,5 dyuymli, 64 GB.likda esa – 27 dyuymli displey örnatiladi.

4K-displeyga ega iMac 1299 dollar tursa, 5K kenglikka ega va 27 dyuymlik ekranlisi – 1799 dollar. 21,5 dyuymli ekranga ega versiya esa 1099 dollar turadi. Barça kompyuterlar joriy yilning sönggiga qadar sotuvga çiqadi.