«Arsenal» «Şalke» himoyaçisi Sead Kolaşinatsni transfer qildi.
23 yoşli bosniyalik futbolçi London jamoasiga erkin agent sifatida ötgan va 5 yillik şartnoma imzolagan.
U 1 iyuldan jamoa safiga qöşiladi.
«Arsenal» Kolaşinatsga 140 ming yevro miqdoridagi haftalik maoş tayinlagan.
Kolaşinats – «Şalke» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U nemis jamoasida 2012 yildan buyon töp surib kelayotgandi. Yakunlangan mavsumda u bundesliganing 25 öyinida iştirok etib, 3 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.












