Alphabet xoldingi aksiyalarining bir donasi öz tarixida birinçi marta ming dollardan qimmatlaşdi. Şunday qilib, tarkibiga Google kompaniyasi ham kiruvçi xoldingning bozor kapitallaşuvi 690 mlrd dollardan ortdi.
Nyu Yorkning NASDAQ birjasida Alphabet aksiyasi deyarli bir foizga ösib, donasi 1005 dollarga yetdi. 2017 yil boşidan beri kompaniya qimmatli qoğozlari narxi 25 foizdan köpga qimmatlaşdi. Bu ösiş korporatsiyaning asosiy daromad manbai – Google kompaniyasining reklamalardan tuşayotgan daromadi ortişi bilan boğliq, deb yozadi Forbes.
2017 yil birinçi çoragi yakunlariga köra, kompaniyaning reklamadan körgan daromadi yildan-yilga nisbatda 19 foizga ösgan va 21,4 mlrd dollarni taşkil etgan. Bundan taşqari, boşqa yönalişlar, xususan, Waymo muqobil avtomobillar tizimi, Android platformasi va YouTube videoxosting xizmati daromadlari ham oşgan.
Alphabet xoldingi kapitallaşuvi böyiça birgina Apple kompaniyasiga imkoniyatni boy bermoqda. Tişlangan olmali kompaniyaning bu boradagi körsatkiçi 802 mlrd dollardan oşadi.
Fortune naşrining qayd etişiça, Google aksiyalarining narxi birinçi marta 1000 dollardan qimmatlaşgani yöq. 2014 yili kompaniya aksiyasi 1200 dollargaça ham kötarilgan edi. Biroq, 2015 yil avgustida Alphabet xoldingi taşkil etilganidan beri ilk marotaba aksiyalar 1000 dollarlik körsatkiçdan oşgan.
Forbes jurnaliga köra, Google kompaniyasi asosçilaridan har biri — Larri Peyj va Sergey Brinning boyligi 5 iyun kuni 360 mln dollarga köpaydi. Peyj va Brin Forbes tasnifi böyiça dunyoning eng badavlat insonlari röyxatida 12-13 örinlarni egallab turibdi. Jurnal ularning boyligini 47 mlrd va 46 mlrd dollar deb baholmoqda.












