So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har bir sohada, xoh ishlab chiqarish yoki iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishi bo‘lsin, energiyani tejash dolzarblik kasb etmoqda, davr talabiga aylanmoqda.

Energiyani tejash masalasi qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ham e'tiborsiz qolayotgani yo‘q. Qurilish ishlarini amalga oshirayotganlar uchun esa, romlar, eshiklar va unga o‘rnatiladigan oynalar o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Oynalarning energiya tejovchi bo‘lishi esa, nur ustiga a'lo nur bo‘lishi shubhasiz. Bu borada IMZO GLASS kompaniyasi har qanday injiq mijozning ham istagini ro‘yobga chiqara oladi, deyish mumkin. Xo‘sh, nega aynan ushbu kompaniya?

IMZO GLASS kompaniyasi qisqa davr ichida aynan energiya tejovchi oynalarning keng assortimentini sotish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan ilg‘or kompaniyalardan biriga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda IMZO GLASS Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston davlatlaridan 50dan ortiq turdagi listli oynalar, gulli oynalar, Turkiyadan oyna mahsulotlari uchun turli aksessuarlarni import qilib, o‘zbekistonlik mijozlarga yetkazib beruvchi yirik kompaniyaga aylangan. Jumladan, oyna listlari va oynalar orasida shaffoflari, rangli bo‘yalgan, energiya tejovchi, (multifunksional – ko‘p funksiyali), quyoshdan himoyalovchi, gulli, reflektiv (aks ettiruvchi) oynalar ham bor. Oynalarning qalinligi 3,5mmdan – 12 mmgachani tashkil etadi.

Yuqori professionallik, raqobatbardosh narxlar va kutganingizdan ham sifatli xizmat ko‘rsatish Kompaniyaga qisqa davr ichida O‘zbekiston oyna bozorida yetakchilardan bo‘lishini ta'minladi.