Avval xabar qilinganidek, saxovat va ehson oyi bölmiş Ramazoni şarifda «Mirza Yusuf» jome' masjidi hamda Mehrob.uz sayti tomonidan xayriya tadbirlari taşkil qilinimoqda. 

Bu tadbirlarda Islom dini körsatmalariga muvofiq, muhtoj birodarlarni, imkoniyati çeklangan azizlarni ruhan qöllab-quvvatlaş, oğirini yengil, uzoğini yaqin qiliş, mehr-muruvvat körsatiş niyat qilingan. Muruvvatli insonlardan sovğa-salom oliş, samimiy tabriklar eşitiş har qanday kişining, kattayu-kiçikning könglini xuşnud qiladi. 

Ana şu niyatda keça uşbu tadbir doirasida jamoa Sirdaryo viloyatida bölib, matonatli yurtdoşlarning xonadonlarida mehmon böldi. Bölib ötgan samimiy suhbatda xonadon egalarini Ramazoni şarif bilan muborakbod etib, Alloh taoloning qazoi qadarini iymonu sabr-bardoş bilan qarşi olgan bu azizlarga maxsus aravaçalar hadya qilindi.

Alloh taolo xayru ehsonlarni husni qabul aylasin, nogironlarga sabr oyi bölmiş Ramazoni şarifning hurmatidan behisob ajru savoblar ato etsin!