Rasmiy Duşanbe 2018 yil söngiga qadar Tojikistonda barpo etilayotgan Roğun GESining biryöla uç agregati işga tuşirilişini xabar bergan. Özbekiston uşbu GES qurilişiga nihoyatda şubhali munosabatda. Özbekiston tomonining fikriça, uşbu töğonning barpo etilişi suvning ifloslanişiga sabab böladi, şuningdek, qişloq xöjaligi holatiga salbiy ta'sir körsatadi.

Bu bahslarni tartibga solişning imkoni bormi? Markaziy Osiyoning yagona energetik halqasining tölaqonli qayta işga tuşirilişi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? «Yevraziya.Ekspert»ning uşbu savollariga «Markaziy Osiyoning suvdan foydalaniş va suv-energetika resurslari muammolarini tadqiq etiş instituti» (Bişkek, Qirğiziston) xalqaro jamoatçilik fondi eksperti Zulfiya Marat javob berdi.

— Özbekistonning Roğun GESi qurilişiga nisbatan e'tirozlari va xavotirlari neçoğlik asosga ega?

— Yaqin qöşnilarning har qanday xavotirlari va taşvişlari albatta, doimo eşitilişi, bir neça bor muhokama etilişi va alal-oqibatda tarqatilişi kerak, çunki gap haqiqatdan ham baland toğ şaroitlarida barpo etilayotgan yirik gidroobekt haqida bormoqda. Ya'ni, loyiha özining quriliş jarayonida ham, foydalaniş jarayonida ham ma'lum bir, nazorat etib bömaydigan risklarga ega.

— 2012 yilda Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimov «Hammasi şu qadar çuqurlaşişi mumkinki, bu nafaqat keskin qarama-qarşiliklar, balki uruş ham keltirib çiqarişi mumkin», degan edi. Çindan ham mojaro ötkir fazaga ötişi mumkinmi?

— Ikki mamlakat prezidentlari Emomali Rahmon va Şavkat Mirziyoyevning sönggi uçraşuvlari ularning ezgu niyatlari tufayli muzokaralarning yangi bosqiçlari boşlanişiga umid uyğotmoqda.

— GES qurilişi faqatgina Özbekistonning manfaatlariga daxl qiladimi? Qöşni davlatlarda, xususan, Qirğizistonda loyihaga munosabat qanday? Loyihadagi ziddiyatlar nimalardan iborat?

— Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimi, ya'ni «energiya halqasi» sovet davrida yagona hududiy-işlab çiqariş mintaqaviy kompleksi ehtiyojlari uçun yaratilgan edi. Tizim Tojikiston va Qirğizistondagi Örta Osiyo suv minoralarida «burab» işga tuşiriladigan «soz soat»dek işlab turgan. Bu aksioma hozir unutilmoqda. Bizning barçamiz butun bir organizmmiz, mamlakatlarimizning energiya tizimlari bir-biridan ajratib bölmas yaxlit tarkibiy qismdan iborat edi.

Energiya halqasi çastotasini sozlaşni Quyi Norin GES kaskadisiz bajariş ilojsiz edi, suv va elektr energiyasining oqimlarini özbek energetikasi aralaşuvisiz tartibga solib bölmasdi. Bahor-yoz mavsumlarida Qozoğiston va Özbekiston dalalarini suğoriş uçun GESlar barpo etilgan baland toğlarda suvni iqtisod qiliş uçun tört davlat energiya tizimlari qişki va vegitatsion davrlarda özaro oqim almaşişga muhtoj. Buning örniga, mamlakatlar örtasida energiya halqasining qisman uzib qöyilişi tufayli 1991 yildan söng ötgan köp yillar mobaynida Qirğiziston va Tojikiston qişda GESlardan töliq quvvat bilan foydalanişga majbur bölib qolişdi, bu esa daryolarning quyi qismida joylaşgan davlatlar (Özbekiston va Qozoğiston)da suv toşqinlari keltirib çiqara boşladi.