Rossiyaning Rostov-Don şahri porti Ukrainaning «General Vatutin» sayohat kemasini kiritişni istamayapti. U Odessa portiga boriş örniga Rossiya tomonga suza boşlagan. Bu haqda port ekspluatatsiya xizmati rahbari Vitaliy Virobyan «Govorit Moskva» radiosiga ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Rostov portida faqat yuk kemalari qabul qilinadi va «General Vatutin»ning kelayotganini bilişmaydi. «Yöq, biz uni bu yerga kiritmaymiz», — deb ta'kidlagan Virobyan.
Kemani ijaraga olgan «Çervona ruta» kompaniyasi prezidenti Yuriy Sokolovning xabar qilişiça, kema Rostov-Donga yangi egasi qaroriga köra yöl olgan. «Xöjayin özgardi, hozirda kema Beliz bayroği ostida suzmoqda. U Ukrainaga tegişli bölib, Ukraina bayroği ostida suzayotgan edi. Ammo, 2 hafta oldin, Ukraina kemalar reyestridan rasman olingan edi. Kemaning yangi egasi Beliz bayroğini kötardi, yangi hujjatlarni olib, ketdi», — degan tadbirkor. U kemaning yangi egasi kimligiga oydinlik kiritmagan.
FXXdagi manbaning Nation News agentliigiga ma'lum qilişiça, «General Vatutin» Rossiya hududiy suvlariga kirmagan. MarineTraffic sayti ma'lumotlariga köra, maqola çiqayotgan vaqtda u Kerçen böğoziga kirgan.












