Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqara Qatar bilan diplomatik aloqalarni davom ettirişini va Qatarning Fors körfazi davlatlari tomondan yakkalanişiga qarşi çiqişini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz Qatarga qarşi sanksiyalarni töğri qaror deb hisoblamaymiz. Bizga birdamlik va hamkorlik juda kerak bölgan bir paytda, bu vaziyat mintaqada heç kimga foyda keltirmaydi. Qatarning özini bosiq tutayotganini ma'qullaymiz. Biz u bilan munosabatlarni rivojlantirişni davom ettiramiz", deb aytdi Erdöğan Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi faollari oldidagi nutqida.
"Qatarning yakkalanişi birorta muammoni hal qilmaydi. Biz bu inqirozni hal qiliş uçun imkoni bor barça işni qilmoqdamiz va qilamiz", deb qöşimça qildi Erdöğan.
Uning aytişiça, ayni vaqtda mintaqa davlatlari "har qaçongidan köproq hamkorlik qilişlari va birdamlik namoyon qilişlari lozim".













