France Football naşri 2016/17 yilgi Çempionlar ligasining ramziy terma jamoasini tuzdi. Bu tarkibda «Barselona» hujumçisi Lionel Messi va mavsum kaşfiyoti, «Monako» hujumçisi Kilian Mbappega joy topilmagan. Holbuki argentinalik hujumçi 11 gol urib, turnirning ikkinçi töpurari bölgandi, fransiyalik yoş hujumçi esa debyut mavsumidayoq 5ta gol urib, e'tiborga tuşdi.
France Football talqiniga köra turnirning eng yaxşi futbolçilari quyidagilar bölişgan: Janluiji Buffon, Dani Alves, Leonardo Bonuççi (barçasi — «Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo, Luka Modriç (barçasi — «Real»), Fabino, Toma Lemar (ikkisi — «Monako»), Paulo Dibala («Yuventus»), Neymar («Barselona»), Kriştianu Ronaldu («Real»).
Zaxira: Mark-Andre ter Ştegen («Barselona»), Jorjo Kellini («Yuventus»), Benjamen Mendi («Monako»), Sami Xedira, Mario Mandjukiç (ikkisi — «Yuventus»), Kilian Mbappe («Monako»), Lionel Messi («Barselona»), Karim Benzema («Real»).












