Kreml NATOning Rossiyaga çegaralariga qarab kengayişidan taşvişda, muvozanatni tiklaş uçun çoralar köradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Moskva NATOning kengayişi böyiça jarayonga an'anaviy ravişda işonçsizlik va taşviş bilan munosabatda böladi. Bizning fikrça, bu xavfsizligimizga va yevroosiyo mintaqasidagi kuçlar muvozanatiga tahdid soladi», - deya Peskovning sözlarini keltiradi TASS.

Uning qayd etişiça, Rossiya «vaziyatni qayta muvozanatga qaytariş va öz manfaati hamda xavfsizligini himoya qiliş uçun barça kerakli çoralarni» körmoqda.