Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qudratli suzuvchi quyosh elektrostansiyasi ishga tushdi
Foto: Inhabitat
So‘nggi o‘n yilda Xitoyda kuzatilayotgan sanoat bumi davomida elektr energiyasini ishlab chiqishda ekologik normalarni oshirish, qayta tiklanuvchi manbalarga asoslangan energiya ishlab chiquvchi yangi texnologiyalarni joriy qilish masalasi ko‘tarildi. Xitoyda chiqindilarni bartaraf qilish uchun alternativ energiya manbalaridan foydalanishga doir davlat dasturi qabul qilingan edi. Bu haqida inhabitat nashri xabar berdi.
Sungrow Power Supply Co tomonidan Xuaynan (Anxoy provinsiyasi) shahri yaqinida dunyoda eng qudratli suzuvchi quyosh elektrostansiyasining ishga tushirilishi davlat organlari qarorlarini bajarish natijasidir. Stantsiyaning joylashuv maskanining o‘ziyoq ramziy ma'noga ega - bu yerda o‘z vaqtida mamlakat ekotizimini ifloslantirish manbai bo‘lib xizmat qilgan issiqlik elektrostansiyalari uchun yoqilg‘i qazib olingan.

Yangi suzuvchi elektrostansiyaning qudrati 40 MVt'ni tashkil qiladi, bu bir yil oldin suvga tushirilgan 20 MVt'li stansiyani ikki karra ortda qoldiradi. Suv sathidagi quyosh elektrostansiyalarining mashhurligi ko‘plab qulay omillar va uning maxsus tuzilmasi bilan izohlanadi.
Birinchi navbatda quyosh elektrostansiyalariga ulkan yer maydonlarini ajratish muammosidan xalos qiladi. Shuningdek panellarning suv sathi ostida joylashuvi suyuqlikning bug‘lanishi kamayishiga olib keladi - bu esa global isish sharoitida iqlim uchun ayni muddaodir.
Bundan tashqari, quyosh panellarining suv ostida bo‘lishi fotoelementlar ishchi haroratining tabiiy yo‘l bilan pasayishiga olib keladi, bu ularning xizmat muddatini qo‘shimcha xarajatlarsiz uzaytiradi.
XXR hukumati 2020 yilga borib mamlakat energiya iste'moli tuzilmasida quyosh energiyasi ulushini oshirishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026