Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Qatarga turk harbiy xizmatçilarini yuboriş töğrisidagi qonunni, şuningdek, ikki davlat örtasidagi harbiylar tayyorlaş böyiça kelişuvni ma'qulladi. Reyter agentligi şu haqda xabar qilmoqda. 

Kuni keça Turkiya parlamenti mamlakat harbiylarini Qatardagi bazaga joylaştirişga ruxsat beruvçi hamda Qatar jandarmeriyasini tayyorlaş böyiça hamkorlik qiliş borasida qonunni qabul qilgan edi. Avvalroq, Turkiya TIV vakili RIA Novostiga Anqara va Doxaning Qatarda Turkiyaharbiy bazasini taşkil etiş rejasi borligini tasdiqlagan edi. Ta'kidlanişiça, turk harbiylarini Qatarda joylaştiriş ikki mamlakatning xavfsizlik va jandarmeriya xodimlarini öqitiş böyiça 2015 yilda imzolangan ikki tomonlama kelişuvi asosida amalga oşiriladi. 

Agentlikka köra, hukumat buyruği rasmiy Official Gazette naşrida 9 iyun kuni e'lon qilingan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi. Keyinçalik, Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv orollari, Mavrikiy va Komor orollari hukumatlari ular safiga qöşildi. Turkiya prezidenti Erdöğan esa, uning mamlakati Qatarni qamal qiliş çoralariga qöşilmasligini bildirdi.