Fuqaro Gulçehra Örozmetova (ism-familiyalar özgartirilgan) bir guruh şaxslar bilan til biriktirib, jinoyatga qöl urdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bu kimsa Urganç şahrida yaşovçi fuqaro S.Şaripovani Janubiy Koreya Respublikasiga işlaş uçun ketişiga yordam berişini aytib, mazkur jarayonda rasmiylaştirilişi lozim bölgan hujjatlarni Toşkent şahridagi yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali töğirlab berişga va'da qiladi. Evaziga jabrlanuvçidan 15 ming AQŞ dollari xizmat haqi berişini talab qiladi. S.Şaripovaning bunça pullar aslida nima uçun kerakligi borasidagi savoli G.Örozmetova tomonidan töqilgan turli uydirma va yolğonlar orqali xaspöşlanadi. Xullas, u qanday qilib bölmasin, pullarni qölga kiritişni maqsad qiladi.

G.Örozmetova özining ayyorona rejasini amalga oşirişga ötadi. S.Şaripovaning işlarini tezroq bitkazişini aytib, Toşkent şahriga borib keliş uçun 1 mln. 500 ming söm pul söraydi. Uning xatti-harakatlaridan şubhalangan S.Şaripova bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiladi. Mazkur ariza böyiça ötkazilgan tezkor tadbirda G.Örozmetova uşbu pullarni olayotgan paytda SVOJJDLQK departamentining Xorazm viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.

Yana bir holat. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” Yangibozor tuman elektr ta'minoti bölimida 2014 yildan buyon nazoratçi bölib işlab kelgan S.Maşaripov ham nafsiga qul bölganlardan biri ekan.

U iş faoliyati davomida firibgarlik, pora berişga qiziqtiriş, hujjatlarni qalbakilaştiriş orqali noqonuniy yöllar bilan moddiy boylik orttiriş maqsadida bir qator jinoyatlarga qöl urganligi ma'lum böldi. Jumladan, tumandagi “Uyğur” qişloğida yaşovçi K.Olimovning yaşaş uyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi uçun tuzilgan dalolatnoma böyiça hisoblangan 1 mln. 100 ming söm qarzni yöq qiliş evaziga 700 ming söm pul berişni talab qilib, undan öz xizmat xonasida 200 ming söm pulni firibgarlik yöli bilan qölga kiritadi.

“Örgangan köngil örtansa qöymas”, deganlaridek S.Maşaripov yana özini jinoyat köçasiga urdi. Bu safar u tumanning “Boşqirşix” qişloğida yaşovçi Q.Jumaniyazovning elektr energiyasidan bölgan 2 mln. 374 ming söm qarzini “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mansabdor şaxslari orqali yöq qilib berişga va'da qiladi. Uning bu safargi jinoyati tegişli organlarning öz vaqtida körgan çoralari tufayli amalga oşmadi. S.Maşaripov mazkur qarzdorlikni yöq qiliş evaziga 700 ming söm pullarni qölga kiritmoqçi bölgan paytida tezkor xodimlar tomonidan uşlandi.

Har ikkala holatda ham jinoyat işi qözğatilib, jinoyatçilarga nisbatan sud hukmi bilan tegişli jazo tayinlandi.