Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraş borasida olib borilgan tadbirlar natijasida
yil boşidan buyon 514ta, 1-7 iyun kunlari oraliğida 34ta holat aniqlandi.

Şahar IIBBda taşkil etilgan brifingda ma'lum qilinişiça, Toşkent şahriga kirib keliş postlarida yil boşidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qiliş jinoyatlari yil boşidan 88tani, hafta mobaynida 2tani taşkil etgan. 

Şuningdek, hafta davomida 1 kg 031 gramm, yil boşidan esa 25 kg 720 gramm giyohvandlik vositalari olingan. Xususan, 2017 yilning 2 iyun kuni şahar IIBB tomonidan ötkazilgan  “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Sergeli tumani hududida muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan R.M. yonida oğirligi 27,65 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda saqlaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatildi.

2017 yilning 4 iyun kuni ayni şu “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida F.T. öz uyi hovlisida, qonunga xilof ravişda, tarkibida giyohvandlik vositasi mavjud bölgan 15 tup “naşa” ösimligini ekib, yetiştirib kelayotganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatildi.

Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Mirzayev va Tölaganovning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.