Xalqaro Olimpiya qömitasi ayollar va erkaklar örtasidagi (gender) teng huquqlikka maksimal erişiş maqsadida Tokioda ötadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturiga jiddiy özgartirişlar kiritdi. Bu haqda XOQ saytida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanişiça, dasturga 15 ta yangi sport turi qöşilgan, bunda aralaş yönalişlar miqdori 9 tadan 18 tagaça köpaygan. Bu özgarişlar avval faqat erkaklar iştirok etgan akademik eşkak eşiş, baydarka va kanoeda eşkak eşiş, boks, yelkanli sport va merganlik sport turlariga taalluqli böldi.

Şuningdek, oğir atletikaçilar örtasida gender farqlarni minimallaştiriş maqsadida erkaklar örtasidagi musobaqalardan bir vazn toifasi istisno qilindi.   

Uşbu Olimpiada ayollar örtasida rekord sondagi musobaqalarni taklif qiladi. 
Bu çoralar evaziga Olimpiadada rekord miqdordagi ayol sportçilar iştirok eta oladilar. Ularning soni 5176 nafarni taşkil qiladi va bu barça iştirokçilar sonidan 48,8 foiz demakdir. Riodagi oxirgi Olimpiadada ayol sportçilarning uluşi 45,2 foizni, 2012 yil Londonda esa 44,2 foizni taşkil qilgan. Tokiodagi rekord körsatkiçga erkaklar örtasidagi musobaqalardan bir qismining ayollar örtasidagi musobaqalar bilan almaştirilgani evaziga erişildi.     

XOQ prezidenti Tomas Baxning aytişiça, Tokiodagi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigaça ötadigan Olimpiada "navqironroq, şaharboproq" böladi va köproq ayol sportçilarni öz içiga oladi.  

Olimpiada dasturiga 4x100 metrga aralaş kombinatsiyalaşgan suziş, 4x400 metrga aralaş yuguriş, kamondan öq otiş, dzyudo, triatlon böyiça aralaş musobaqalar, şuningdek, stol tennisida aralaş juftlar musobaqalari kiritildi. Suzişda, şuningdek, ikkita yönaliş – erkaklar örtasida 800 metrga va ayollar örtasida 1500 metrga suziş musobaqalari qöşildi. Şuningdek, dasturga ayollar va erkaklar örtasidagi "uçga uç bölib" basketbol öynaş, velosportda trekda "medison" yönalişi böyiça ayollar va erkaklar örtasidagi musobaqalar, qiliçbozlik böyiça ayollar va erkaklar örtasida jamoaviy musobaqalar qöşildi. Şu tariqa dasturda 16 ta yangi yönaliş paydo böldi, oğir atletika böyiça erkaklar örtasidagi bir yönaliş çiqarib taşlandi.     

Yönalişlar köpayganiga qaramasdan, 2020 yilgi Olimpiadada Riodagidan kamroq sportçi iştirok etadi. Eng katta özgarişlar yengil atletikaga taalluqli böladi, bu sport turida sportçilar kvotasi 105 öringa kamaydi. Şuningdek, oğir atletikada kvota 64 öringa, erkin kuraşda 56 öringa, yelkanli sportda 30 öringa, merganlik sportida 30 öringa, akademik eşkak eşişda 24 öringa, suzişda 22 öringa, suv polosida 18 öringa kamayadi. "Uçga uç" formatidagi basketbol kiritilgani sabab sportçilar soni 64 nafarga köpayadi.