Xalqaro olimpiya qömitasi ijroiya qömitasining qaroriga köra, Yaponiya poytaxti Tokio şahrida bölib ötadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada öyinlarida qiliçbozlar 12 komplekt medallar uçun kuraşişadi: 6 ta şaxsiy birinçilikda, 6 tasi jamoaviy turnirlarda.
Ilgari har bir Olimpiadada musobaqalar dasturidan ikkitadan jamoaviy turnirlar olib taşlanar, şaxsiy musobaqalarda esa bir mamlakatdan faqat ikki vakil qatnaşişi mumkin edi.
XOQ qarorini FIYe prezidenti Alişer Usmonov şunday izohladi:
«Eng katta orzum uşaldi. Men FIE prezidentligi lavozimida iş boşlagan kunimdanoq bu maqsadni özim uçun boş ustuvor vazifa etib belgilab olgan edim. XOQning uşbu qarori bizning qiliçbozlikni yaxşilaş, uni yanada jozibador va ommaviy sport turiga aylantiriş yölidagi köp yillik işlarimizda töğri yöldan borganimizni isbotlab turibdi. Endi barça qiliçbozlar Olimpiada öyinlarida qatnaşiş uçun teng imkoniyatlarga ega. Sportçilar, milliy federatsiyalar va qiliçbozlik olamidagi barça-barça bu qaror uçun XOQ ijroiya qömitasi va Olimpiada dasturi Komissiyasidan minnatdor», — deya Alişer Usmonovning sözlarini keltiradi Rossiya qiliçbozlik federatsiyasi matbuot xizmati.












