Mamlakatimizdagi diniy bilim yurtlari – madrasalar qadim tarixga ega bo‘lib, ularning dovrug‘i butun musulmon olamiga tarqalgan. Lekin sho‘ro hukumatining siyosati sababli barcha masjid va madrasalar yopib yuborilishi natijasida 1928 yilga kelib O‘zbekistonda diniy ta'lim tizimi batamom to‘xtatilgan edi. 1943 yilning oktabrida Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy boshqarmasi tashkil etildi. Mazkur Diniy boshqarma faoliyati O‘rta Osiyodagi beshta sobiq sho‘ro respublikasi – Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonni qamrab olgan bo‘lib, diniy ta'lim bilan bog‘liq asosiy jarayonlar aynan O‘zbekistonda kechdi.

Buxorodagi “Mir Arab” (1945 yildan boshlab bugungi kungacha) hamda Toshkentdagi "Baroqxon" (1945-1961) madrasalari va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Toshkent oliy ma'hadi. 1971 yildan boshlab bugungi kungacha) sobiq ittifoqning musulmon tashkilotlari uchun mutaxassis tayyorlab beruvchi rasmiy diniy o‘quv yurtlari ochildi.

Toshkent oliy ma'hadining tantanali ochilish marosimi 1971 yilning 1 noyabr kuni o‘tkazildi va o‘sha davrda muftiy bo‘lgan Ziyovuddin Eshon Boboxon diniy va zamonaviy ilmlarni puxta egallagan, muqaddas dinimiz uchun zarur bo‘lgan bilimdon xodimlar tayyorlashni asosiy vazifa qilib belgilagan edi. Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining 1225 yillik tavalludi tantanalari nishonlanishi munosabati bilan Toshkent oliy madrasasi 1974 yildan buyon Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom oliy ma'hadi deb yuritila boshlandi.

Sobiq Ittifoq davrida bunday oliy ma'lumotli diniy kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan institut yagona bo‘lib, shu sababli ham sobiq ittifoqning turli hududlaridan – Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Sibir va boshqa yerlaridan talabalar kelib tahsil olishgan.

Islom oliy ma'hadida ta'lim muddati to‘rt yil bo‘lib, o‘rta maxsus diniy madrasadan farqli ravishda bu yerda mutaxassislik fanlari chuqur o‘qitilar edi. Qur'oni karim qiroati va tafsiri, fiqh, hadis ilmi, balog‘at ilmi, xatoba darsi, arab tili va shu kabi mutaxassislik fanlariga alohida e'tibor qaratilgan.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining shu kunga qadar tamomlagan bitiruvchilar davlat tizimi va soha doirasida vazifalarda ishlab kelishmoqda. Institut tarixida quyidagi diniy ulamolar va davlat arboblari tahsil olib chiqishgan: 1989-1990 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlagan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1973-1975), hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy