
Mamlakatimizda Ramazon şukuhi kezmoqda. Kunduzlari rözada, tunlari taroveh namozlarida qoim bölayotgan kişilar bu şukuhni yanada teranroq, yanada çuqurroq anglaşadi, his qilişadi.
Ramazon aslida qanday oy? U insonga qanday ruhiy yangilaniş, ruhiy quvvat bera oladi? Bu mavzuga Toşkent şahri, Şayxontohur tumani boş imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli öz fikrini bildirdi.
“Ramazon – inson 11 oy mobaynida umr yölidagi barça çorrahalarini tartibga solib oliş oyidir. Men musulmonman, men Yaratganning gözal bir mahluqotiman, azizu mukarramman va nihoyat inson degan uluğ nomga egaman, deb hisoblovçi odam bolasi bu oyda möminlik qilib, ixlos ila Allohning amriga böyin egsa, u bu oydan öziga ruhiy barkamollik oladi.
Buning öziga yaraşa sababi bor. Bu oyda inson 11 oy davomida yöl qöygan xatolarini, bilib-bilmay qilgan gunohlarini Qur'on tilovati ila davolab, isloh qilib, qolgan 11 oy içida haqiqiy mömin bölib yaşaş quvvatini oladi.

Inson qalbini davolaş, qalb xotirjamligi haqida gapirar ekan Odilxon qori Yunusxon öğli şunday deydi:
“Qançalik köp kitob öqilmasin, qançalik köp yaxşilik qilinmasin agar kişi ruhiy tarbiyani töğri yölga qöya bilmas ekan u heç qaçon qalb xotirjamligiga erişa olmaydi. Aslida, qalb qanday kasallanadi? Avvalo şuni ta'kidlaş lozimki, qalbning kirlanişi biz öylagandek, moddiy kirlaniş emas. Bu ma'naviy kirlaniş bölib, gunohlarning bardavom etilişi bilan sodir böladi. Biz eng kiçik gunohlargaça e'tibor bermasak, vaqt ötib qalbimizdagi xotirjamlik yöqoladi, bizda ruhiy barkamollik bölmaydi.
Buning davosi qalbimizni töğirlaş bilan böladi. Inson öz-öziga gunohlardan tiyilaman, har kun yaxşilik qilaman, ibodatda bölaman, qaytib xato qilmayman, desa öşa kundan yengil böladi, ruhiy xotirjamlikka erişadi. Qalbimiz töğirlandimi nafsimiz ham töğirlanadi.
Bu işlarning amaliy natijasini ham köryapmiz. Misol qilib aytadigan bölsak, Şayxontohur tumanida qançadan qança oilalar parokanda bölgan edi. Murğak farzandlar arosatda qolgan edi. Ramazon oyi şarofati bilan, qalblar erigan mahal ularning orasi isloh qilindi, oilalari tiklandi. Bularning barçasi, Ramazon şarofati, bu oyining barokatidandir.











