Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ŞHTning Ostona sammiti doirasida Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan muzokara ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Özbekiston rahbari ikki mamlakat örtasidagi an'anaviy döstlik munosabatlari uzoq ötmişga borib taqalişini ta'kidladi.

Olti asr muqaddam Sohibqiron Amir Temur va Kastiliya qiroli Enrike III sa'y-harakati bilan Samarqandda va Kastiliya poytaxti Segoviyada elçixonalar ta'sis etilgan. Özaro hamkorlikning bugungi yuksak darajasiga Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov va Qirol Xuan Karlos I örtasida qaror topgan alohida munosabatlar tufayli erişildi. 

Şavkat Mirziyoyev va Filipp VI suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama etib, xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdilar. 

Tomonlar davlatlararo aloqalarni kengaytirişda oliy darajadagi muloqot muhim örin tutişini ta'kidladi. Taşqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlaşuvlari nafaqat dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari böyiça fikr almaşiş, balki turli darajadagi kelgusi uçraşuvlar jadvali va kun tartibini işlab çiqiş hamda kelişiş imkonini bermoqda. 

Davlatlararo munosabatlarning muhim buğini bölgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş masalasi ham tomonlar diqqat markazida böldi. 

Ikki tomonlama savdo sohasida köplab qulayliklar yaratilib, sezilarli darajada, ya'ni joriy yilning dastlabki 4 oyida tört barobar ösişga erişilganiga qaramasdan, bu boradagi körsatkiçlar hamon yuqori emas. Özaro savdo hajmini köpaytiriş va tarkibini kengaytiriş zarurligi qayd etildi. Özbekiston bilan Ispaniya buning uçun barça imkoniyat va salohiyatga ega ekani ta'kidlandi. 

Özbekiston mamlakatimizda Ispaniya biznesining, xususan, neft-gaz, energetika, kimyo, farmatsevtika, töqimaçilik, pardozlaş materiallari va sopol mahsulotlar işlab çiqariş sohasida yuqori texnologiyali korxonalar taşkil etiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş orqali kengayişidan manfaatdordir. 

Ispaniya turizm sohasida ulkan natijalarga erişgan va bu borada jahon miqyosida ilğor tajribaga ega. Şu munosabat bilan tomonlar uşbu sohada uzoq muddatli tizimli hamkorlik örnatiş, boşqaça aytganda, strategik şeriklikni yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qildi. 

Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatalararo qöşma komissiya taşkil etiş va uning dastlabki majlisini şu yil Toşkentda ötkaziş töğrisidagi masala ham körib çiqildi.