AQŞ boş kotibi Reks Tillerson Fors körfazi mamlakatlarini Qatar atrofidagi vaziyat tufayli mintaqada eskalatsiyaga yöl qöymaslikka, Qatarni esa - qöşnilar xavotiriga befarq bölmaslikka çaqirdi.
"Biz Saudiya Arabistoni Qirolligi, BAA, Bahrayn va Misrni Qatar qamalini böşaştirişga çaqiramiz", - dedi Tillerson Qatar atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan.
"Qamal şuningdek AQŞning mintaqadagi va IŞIDga qarşi kuraşidagi harbiy xatti-harakatlarga ham halaqit beradi", - qöşimça qildi u.
Tillersonning sözlariga köra, qamal AQŞning mintaqadagi boşqa mamlakatlardagi faoliyatiga ham halal beradi.
"Bu qamalning gumanitar asoratlari ham bor. Biz oziq-ovqat yetişmovçiligini kördik, oilalar majburan ajratildi, bolalar maktabdan qolmoqda. Işonamizki, bunday salbiy asoratlarni heç kim istamaydi, ayniqsa muqaddas Ramazon oyida ularga şoşilinç çoralar köriş kerak", - dedi boş kotib.














