IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy Suriyaning Raqqa şahrida amalga oşirilgan aviazarbalar vaqtida halok bölgan. Bu haqda Daily Mail naşri Suriyadagi telekanalga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Hozirça jangarilarning tarğibot vositasi bölmiş Amaq bu ma'lumotni tasdiqlamadi.
Iyun oyi boşida Suriya kurdlarining harbiy bölinmalari IŞID poytaxti sanalmiş Raqqa şahrini qamal qilişni boşlagandi. Hujum boşlagan otryadlar «arab-kurd» otryadlari sanalayotgan bölsada, asosiy işlarni kurdlar bajarmoqda.
Bundan oldinroq razvedka xizmatlari Iroqdagi Mösul qamal qilingaç, IŞID rahbari bu şahardan çiqib ketişga muvaffaq bölgani ma'lum qilingandi.
Keyinroq u qamaldan çiqiş vaqtida qölga olingani haqida xabarlar paydo böldi. Ammo Pentagon bu xabarni tasdiqlamadi.
Qayd etiş kerakki, keyingi yillarda bir neça marta naşrlar al-Bağdodiyning qattiq yaralangani yoki vafot etgani haqida xabarlar bergan, ammo bu xabarlarning heç qaysisi tasdiğini topmagan.












