Bu safar ijtimoiy tarmoqlardagi juda maşhur akkauntlar egalaridan milliarder Alişer Usmonov va Navalniy örtasidagi bahs borasida öz nuqtai nazarlari bilan bölişiş söraldi. Ularning Instagram'dagi akkauntining özidayoq umumiy hisobda 5,9 million folloveri bor. 

Prodyuser va işbilarmon Yana Rudkovskaya bu sönggi vaqtlarda eng katta muhokamaga sabab bölayotgan mavzu degan fikr bildirdi. "Alişer Burhonoviç tez orada rus milliy qahramoniga aylanadi. Men Navalniy tomonda emasman. Men tanigan odamlarning aksariyati Alişer Burhonoviç tarafdori. Unga birovdan heç narsa kerak emas. Uning özi boşqalarga iş bera oladi".

"Bilasizmi, u yerda Alişer Usmonov va Navalniy örtasida uslubiy bahs ketmoqda. Unda Usmonov hujjatlarga, Navalniy esa yangi texnologiyalarga asoslanmoqda. Bu jihatdan, albatta, Usmonovning pozitsiyasi böşroq. U qiziqroq montajçilarni işga yollaşi yoki özi heç bölmaganda iMove dasturini özlaştirişi kerak", - deydi 2 milliondan ziyod folloverga ega Sergey Şnurov. 

Nika Belotserkovskaya: "Men tajribali bloger sifatida unga yaxşi grimyor, stilist olişni tavsiya qilgan bölardim. Alekseyni qarang, nutqi rivojlangan, kadrda özini qanday tutişni biladi va umuman bloger-qiz sifatida boşqa avlod vakillari bilan bahsga kirişmaslikni maslahat qilgan bölardim. Bundan ma'no yöq". 

Arkadiy Novikov (restorator): "Usmonovga heç qanday maslahat kerakmas. U juda aqlli kişi, nima deyişni yaxşi biladi. Uning bu borada jiddiy rejasi borligini tuşunaman. Ehtimol, qandaydir strategiyasi bordir. Agar uning aytayotganlari rost bölib çiqsa, men bunga şubha ham qilmayman, zero Alişer Burhonoviç heç qaçon aldamaydi, u yutib çiqadi, albatta". 

W1 Partners hammuassisi Yan Yanovskiy bu bahs unga juda yoqayotgani hamda uni kuzatib borayotganini aytgan. "Hozirgina sirk spektaklida böldim, u yerda "tfu senga" sözlari bor ekan, butun zal blogdagi bahsni eslab kula boşladi.

Uvenco rahbari Boris Belotserkovskiy: "Bu Alişer Burhonoviç tomonidan taşlangan dadil qadam. U har holda nimadir qilişga harakat qildi".

Andrey Malaxov: "Afftar jjot-2017"ga uni ekspert sifatida taklif qilsak böladi, deb öylayman. U taklifimizni qabul qiladimi yoki yöq, vaqt masalasi qanday ekanini bilmadimu, lekin biz unga taklifnoma yöllaymiz".