Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatar atrofida yuzaga kelgan diplomatik inqiroz şaroitida yordam körsatişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino Şveytsariyadagi Le Matin Dimanche naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Hozir Qatar diplomatik krizisni boşdan keçirayotganini körib turibmiz. Ammo men mintaqada vaziyat önglanişiga umid qilaman. FIFAning boş maqsadi futbolni tarğib qiliş, geosiyosatga aralaşiş emas. Agar FIFA bu vaziyat barqarorlaşuviga hissa qöşa olişi mumkin bölsa, öz yordamini ayamaydi», degan Infantino.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qöllaşda aybladi. Keyinroq Liviya, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari hukumatlari ham Qatar bilan aloqalarni töxtatdi. Şuningdek bu mojaro fonida qator davlatlar Qatardan öz elçilarini çaqirib ola boşlagan. Iordaniya va Jibuti uşbu mamlakat bilan aloqalari darajasini pasaytirgan.

Qatarda 2022 yilgi jahon çempionati ötkazilişi belgilangan (21 noyabrdan 18 dekabrga qadar). 

Qatarning qöşni davlatlar bilan ziddiyati asoratlari - oziq-ovqat, futbol va aviatsiya...