«Real», «Yuventus»ning sobiq boş murabbiyi Fabio Kapello Xitoyning «Jiangsu Suning» jamoasini boşqarişga rozilik bildirgan. Bu haqda Gazzetta dello Sport naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, Kapelloning murabbiylar ştabidan «Yuventus» sobiq futbolçisi Janluka Dzambrotta, şuningdek sobiq «Milan»çi Kristian Brokki ham örin oladi. Rasmiy axborot tez orada e'lon qilinişi kutilmoqda.
Ma'lumot uçun, Xitoy çempionatining ortda qolgan 12-turidan söng «Jiangsu Suning» 8 oçko töplab, turnir jadvalida 15-örinda bormoqda.
Eslatib ötamiz, Fabio Kapelloning sönggi iş joyi Rossiya terma jamoasi boş murabbiyligi bölgandi.












