Rossiyaga taşrif bilan kelgan Qatar Taşqi işlar vaziri Muhammad ibn Abdurahmon al Soniy mahalliy naşrlarga bergan intervyusida ma'lum qildiki, uning mamlakati blokadaga tayyor va mamlakatda oziq-ovqat yetişmovçiligi yöq.
«Qatarning oziq-ovqat zaxiralari köp vaqtga yetadi. Men buni tasdiqlayman va bundan keyin ham tasdiqlaşda davom etaman. Oziq-ovqat taqçilligi haqida gaplar tarqalişi bilan odamlar bunga reaksiya körsatişi tabiiy. Bu reaksiya ma'lum vaqt davom etdi. Keyin odamlar tinçlanişdi va bizda zaxiralar yetarli ekanini bilişdi. Qatar bunday blokadaga hamişa tayyor», — degan vazir.
Uning sözlariga köra, ötmişda mamlakat köplab inqirozlarni boşdan keçirgan, misol uçun 1996 yilgi davlat töntarişiga uriniş hamda 2014 yilgi diplomatik inqiroz. U Qatar voqealarning har qanday rivojiga tayyor ekanini qöşimça qilgan.
Bundan avvalroq al Soniy, Dohaga qarşi axboriy xuruj mamlakat uçun kutilmagan hol bölgani, bungaça Qatar barça arab davlatlari bilan qalin va döstona aloqalar örnatgani haqida aytib ötgandi.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qöllaşda aybladi. Keyinroq Liviya, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari hukumatlari ham Qatar bilan aloqalarni töxtatdi. Şuningdek bu mojaro fonida qator davlatlar Qatardan öz elçilarini çaqirib ola boşlagan.
Şundan söng Doha aholisi iqtisodiy blokada yuzaga kelişidan xavfsirab, supermarketlarga yopirildi va ommaviy ravişda oziq-ovqat mahsulotlarini sotib ola boşladi.
Qatarliklar sarosimada oziq-ovqat mahsulotlarini ğamlab qöyişmoqda













