“Dirijyor” Samvel Babayan frak kiyib olganiça, forsiy ohanglarga qarşi doira usullarini qöllab köriş istagida Eron tomon mas'uliyat yuki bilan yöl oldi. Töğri tuşuniş kerak, axir bugungi dastur muvaffaqiyatli çiqsa, keyingi yili Rossiyada böladigan karnaval sari qadam qöyiladi.
Ansambl boşqaruvçisi fikriça, tarixda eng zör sozlangan, muxlislar fikri böyiça esa maşqi past ansambl uni imosiga mahtal. U maşşoqlarni yiğişda doim öz prinsipida qoladiganlardan. Işqibozlarga Sergeyev va Andreyev dueti nolalari yoqmasligi tayin, axir konsert kulminatsiyasida “avj” pardalar bölmasa kimni ham lol qoldirasan? Sergeyev Hitoyga borib ham, özimizda ham “beavj” qöşiqlar aytdi, xolos. Suriya bilan bölgan “aytişuvda” esa qovun tuşirdik. Xalqaro maydon fonogrammani tan olmasligi şunda bilindi. Bu xatolar sababi, yo sozandalarning kuylarni yaxşi işlamaganligi, yoki dirijyorning ikkita VIA guruhidangina sozandalarni köp tanlaganidan bölsa kerak. Töğrisi, musiqa tili bilan aytganda ansambl endi tugatiş, ya'ni “koda”ni yaxşi işlamasa bölmas... Yomon tomoni – katta sahna körgan Denisov dasturda yöq.
Eronliklar musiqasida xuddi bizning “Şaşmaqom” singari “Dastgoho” turkumi bor. Uslubi ma'lum – oğir va vazmin, lekin raqibni öz noğorasiga öynatadigan yöl. Ular jahon sahnalarida öz uslubini “yedirganlardan”. Fors musiqasi jahon karnavalida beş marotaba yangragan. Biz esa bor-yöği bir marta (1994 yil) Osiyo karnavalida gran-pri olganmiz. Öşanda Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov singari davra körgan maşşoqlarimiz bor edi-da!
Fikrimizça, hammasi dasturdagi asarlarning qayta-qayta işlanişida. Eronliklar tayyorgarlik jarayonida Yevropa vakillari bölgan Çernogoriyani ham öz raqsiga öynatdilar. Qöhna qit'a konservatoriyalarida ta'lim olgan artistlar bilan bellaşiş tajriba oşiradi. Biz esa kamtargina, “pentotonika” kuylari bilan hali nom qozonmagan Tailand bilan bahslaşdik.
Sobiq dirijyorlar Abramov va Qosimov asar tanlaşda ispança ohanglarga köproq e'tibor berardi. Bu şöh ritmlar özini oqlamadi. Çunki ispan kuylarini çaliş uçun hali bizning yigitlarda yetarliça saviya yöq edi. Biznikilarga özimizni musiqa “metr”lari Muxtor Aşrafiy yoki Manas Leviyev asarlari, xalqona ohanglardan tuzilgan “popuri”lar mos keladi. Aslida, jahon sahnasida hammani özgaça ohangi bölgani ma'qul.
“Ozodiy” sahnasida orkestrimiz tarkibi quyidagiça bölsa kerak – urma asbob, kontrabaslarda Lobanov, Ismoilov, Krimets, Şorahmedov, Andreyev kabi musiqaçilar. Skripkaçilar guruhi esa eng tajribali – Server, Odil, Aziz, Maşaripov va Sardorlardan taşkil topadi. Puflama asbobda “solo” çaliş Sergeyevga yuklatilsa kerak. Asosiy skripkada aniq Odil Ahmedov böladi. Menimça “solo”lar köngildagidek çiqmasa, Geynrix çalib köradi. Şomurodov va Abduholiqovlarga asosiy partiyalarni beriş payti kelgan bölsa-da, ular tor sozlaş bilan band bölsa kerak.












