Qatarning Fors körfazi mamlakatlari bilan inqirozini diplomatik muzokaralar yöli bilan tartibga soliş kerak. Kuvayt TIV rahbari Şayx Sabah Al-Xolid şunday bayonot bilan çiqdi. "Anadolu" şu haqida xabar berdi.
Sabahning sözlariga köra, Doha va qator arab mamlakatlari örtasidagi tuşunmovçilikni "muammolarni mintaqadan taşqariga olib çiqmagan holatda", diplomatik yöl bilan hal qiliş kerak.
"Kuvayt yuzaga kelgan tuşunmovçiliklar sabab, qatarlik birodarlarining barqarorligi va xavfsizligini ta'minlaş uçun yordam berişga tayyor", - dedi Kuvayt TIV rahbari.
Uning sözlariga köra, Kuvayt mintaqadagi ziddiyatni bartaraf etiş uçun barça zarur çoralarni köradi.













