Rossiya kunida mamlakatda korrupsiyaga qarşi ötkazilayotgan namoyişlar vaqtida, tadbirlarning asosiy taşkilotçisi, muxolifatçi Aleksey Navalniy Moskvadagi Tver köçasidagi öz uyi oldida qölga olindi. Bu haqda siyosatçining rafiqasi Yuliya tvitterida ma'lum qilgan.
«Alekseyni pod'yezd oldida qölga olişdi. U şuni yetkazib qöyişni söradi, rejalar özgarmaydi: Tverskaya», — deb yozgan Navalniyning rafiqasi.
Privet. Eto Yulya Navalnaya. Vsex s prazdnikom. Alekseya zaderjali v pod'yezde doma. On prosil peredat, çto plany ne menyayutsya: Tverskaya.
— Alexey Navalny (@navalny) June 12, 2017
Navalniyning tvitteriga joylangan suratda köriş mumkinki, uni qölga oliş uçun kamida 8 nafar politsiyaçi 2ta maşinada uy oldiga yetib kelgan.
S Dnyom Rossii! pic.twitter.com/CkfZXT6EKo
— Alexey Navalny (@navalny) June 12, 2017
Navalniy bir kun oldin öz saytida 12 iyun kuni, Rossiya kunida öz tarafdorlarini Tverskiy köçasida tinç namoyiş uçun töplanişga çaqirgandi. Moskva hokimiyati Saxarova prospektida miting ötkazişga ruxsat bergandi, ammo siyosatçining sözlariga köra, u bu hududga sahna va ovozkuçaytirgiçlar örnatişga ulgurmagan. Şundan söng namoyiş joyi Tverskiy köçasiga köçirilgandi.












