Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Boris Jonson Qatarga qöşni davlatlarni bu mamlakatga nisbatan joriy qilingan diplomatik va iqtisodiy qamalni böşaştirişga çaqirdi. TASS şu haqida xabar berdi.
Jonson Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abd-ur-Rahmon At-Taniy bilan uçraşganidan söng şunday bayonot bilan çiqqan.
"Men Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn muhim hamkorga nisbatan qöllayotgan qator qat'iy çoralaridan xavotirdaman va ularni Qatar qamalini böşaştirişga çaqiraman. Men barça mamlakatlarni bu vaziyatni deeskalatsiya qiliş va vositaçilik yöli bilan tezkor yeçim topişga çaqiraman", - dedi Jonson.
Şu bilan birga qirollik taşqi işlar vaziri Dohada qöşni mamlakatlarning xavotirini inobatga olişga diqqatni qaratdi.
"Vaziyatning yeçimini topiş zaruratidan kelib çiqib, Qatarni qöşnilarning xavotiriga jiddiy munosabatda bölişga çaqiraman", - dedi Jonson.
5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya vaqtinçalik hukumati, Maldiv va Mavrikiy Respublikalari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uziş haqida e'lon qilişdi. Bunday qaror amirlikning terrorizm va ekstremizmni qöllab-quvvatlaşi bilan izohlandi. Doha ayblovlarni inkor etib kelmoqda.













