Fors körfazida Qatar boşqa arab davlatlari tomonidan izolyatsiya qilinişi xato qarordir. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan şunday hisoblaydi.

«Biz kördikki, Qatar bilan boğliq vaziyat bizga jiddiy oqibatlar keltirmoqda. Butun bir xalqni çetlaştiriş — insoniylikka ham töğri kelmaydi, islomga ham. Qatar — Turkiya bilan bir qatorda IŞIDga qarşi kuraşayotgan davlat. Keling, bir-birimizni aldamaylik. Qatardan aybdor yasaşdan mintaqaga foyda bölmaydi», — degan Erdöğan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari qarşisidagi çiqiş qilib.

U Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Qatar amiri Tamim ibn Hamad al Soniy bilan Fors körfazidagi inqirozni muhokama qiladi.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Bu davlatlar Dohani terrorizmni qöllab-quvvatlaşda va Yaqin Şarqdagi vaziyatni beqarorlaştirişda aybladi. Köp ötmasdan Liviya, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari ham Qatar bilan aloqalarni töxtatdi. Şuningdek, Senegal va Niger Qatardan elçilarini çaqirib oldi, Iordaniya va Jibuti bu davlat bilan munosabatlari darajasini pasaytirdi.

Turkiya parlamenti 7 iyun kuni Qatarga turkiyalik harbiylarni joylaştirişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi.