Çözib, uzundan-uzoq maqola yozişni yomon köraman. Terma jamoa yutqazganining asl sabablari, futbolimizni bu darajada pasayib ketişiga tizimning qay jihati aybdor ekanligini barçaga boşidan tuşuntirişimni hojati yöq, menimça. 

Meni oddiy savol qiynaydi: “Eronga nega bordik?”. Savol yangi savolçalar tuğdiradi: “Sergeyevni maydonga tuşirişdan maqsad nima edi, Hoşimovniçi?”. Qisqasi, 90 daqiqalik öyinga 90 ta savolim bor.

Öyinni ilk daqiqalaridan maydonda nima qilişini bilmayotgan Özbekiston termasini kördik. Töğrisi, maydonga tuşgan MTJ va uning yigitlari - nega va ne maqsadda “Ozodiy”ga borganini bilmay qaytib kelişdi, çoği. Birorta maqsadli kombinatsiya, reja yöq ekanligini oddiy muxlis ham sezdi-yovv... Örta çiziq töpni qabul qilib, bu zanğar koptokni nima qilişini bilmasa, himoyaçilar: “Uzoqqa ketgani ma'qul” deb töğri kelgan tomonga tepadi. Hujumçilar harakati esa umuman askiyaçilarga tayyor mavzu böldi. UÇTA HUJUMÇIMIZ 90 DAQIQA DAVOMIDA BIROR MARTA HAM RAQIB DARVOZASI TOMON ZARBA BeRA OLMADI! Aytingçi, mana şunday jamoa töğrisida: “Eronga bemaqsad borgan terma”, degan maqola yozişga haqlidirman? Bu safar, tilimni burro-burro qilib tahliliy maqola yoziş niyatim yöq. Çunki, Babayan termasi bunga arzimaydi ham.                  

Keçagi Eron şu paytgaça körganlarimdan farq qilmaydi. Qölimni köksimga qöyib, millionlab muxlislar nomidan aytişim mumkin: “Abramov va Qosimov davri ya'ni oxirgi yillarda bizning terma eronliklardan kuçsiz emas edi”. Eron termasi jismoniy jihatdan kuçli, tarkibida Yevropada öynaydigan bir qator öyinçilar bölgani bilan heç qaçon bizning termadan BIR BOŞ baland bölmagan. 

Abramov murabbiy bölgan paytdagi öyinni eslang. Raqibni bosimda uşlaşni zör eplaydigan Vadim Karlenoviçni jamoasi 89 daqiqa Eronni öz jarima maydonida qamalga olgandi. Söngi soniyada omad oti yolidan uşlab olgan forslar yutib ketişganida ham heç kim Abramovni ayblamagan. Çunki, terma öyinida mazmun va ma'no bor edi-da. Qosimovku, forslarga “Ozodiy”da dars bergan.

Keyruş termasini yutiş mumkin ekanligi ilk daqiqalardan bilinib turdi. Izçillik yöq Karloşni jamoasida. Çiziqlardagi boğlaniş ham haminqadar. Paslardagi xatolarniku qöyavering. Eron termasi avvaliga biznikilardan çöçib öynagan bölsa, keyinçalik Babayan şogirdlarining şaşti pastligini sezib hujumga ötişni boşlaşdi. Ular bildiki, bu ötgan yillardagi Özbekiston termasi emas! Öyinçilarning texnikasi va tezligi deyarli bizning  terma bilan bir xil bölgan Eron bittagina omil, ya'ni – MURABBIY evaziga yutdi.

Işqilib, keçagi öyinni yurtimizdagi barça futbol maktablari, internatlari va akademiyalari videoyozuvga olgan bölsin. “Nega?” deysizmi?  Keçagi öyin videosidan bemalol: “Ma'nisiz futbol qanday böladi?” degan qöllanma sifatida foydalaniş mumkin.  Töqson daqiqa içida biror marta yurakni “jiz” ettiradigan fint yoki kombinatsiya körmabmiz, qarang...                           

Termaning futbolçilari öyinini bir-bir tahlil qiliş befoyda. Çunki, turnir jadvali ularning kim ekanligi körsatib turibdi. 

Har narsaning hatto quyoşning ham tik nuqtasidan tuşiş payti keladi. Endi közni çirt yumib, Denisov, Raşidov va Ismoilovdan boşqa hammasiga javob berib yuboriş payti keldi. Haydarov, Jyeparov, Ahmedov, Geynrix  futbolimiz uçun juda katta iş qilib berişgani aniq. Endi maydonni Hamdamov, Musayev, Aşurmatov singari yoşlarga böşatib beriş lozim. Saralaşni qolgan öyinlarida mana şu murabbiy va mana şu tarkib va xuddi şu taktika bilan davom ettirsak, ahvol şundayligiça qoladi. 

Yozuvçimiz Tohir Malik ötgan yilgi bir anjumanda futbolçilarimiz haqida ikki oğiz gap aytgandilar. Töğrisi,  öşa gaplar menga eriş tuyulgandi. Baribir buyuklar buyuk-da! Oğalar töğri gapiradi. 

Tohir Malik haq ekan.     

Elmurod Ermatov, Andijon