"Golden Steyt uorriorz" basketbol jamoasi final seriyasining beşinçi uçraşuvida "Klivlend kavalers"ni mağlub etdi hamda öz tarixida beşinçi bor Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) çempioniga aylandi.

"Uorriorz"ning uy arenasida bölib ötgan bahs 129:120 hisobi bilan yakunlandi, seriyadagi umumiy hisob 4:1 böldi. Uçraşuvning eng sermahsul öyinçisiga "Klivlend" forvardi Lebron Jyeyms aylandi, u 41 oçko jamğardi. "Golden Steyt" tarkibida esa forvard Kevin Dyurant 39 oçko yiğdi.

Ta'kidlab ötiş joizki, "Golden Steyt" va "Klivlend" finalda qatorasiga uçinçi yil töqnaş kelmoqda. 2015 yilda ğalabani "Golden Steyt" basketbolçilarini tantana qilişgan bölsa, bir yil ötib raqiblarining qöli baland keldi. Joriy yilda Kaliforniya jamoasi pley-offda ketma-ket qölga kiritilgan ğalaba böyiça ham rekord örnatdi.

Oklend şahri jamoasi çempionlik böyiça "San-Antonio" bilan tenglaşib oldi va bu körsatkiç böyiça MBAda 4-öringa kötarildi. Köproq çempionlik unvonini faqatgina "Çikago Bullz" (6), "Los-Anjyeles Leykers" (16) va "Boston Seltiks" (17) jamoalarigina qölga kiritgan.