«Los-Andjyeles Leykers» MBA muntazam çempionatidagi navbatdagi öyinida «Miluoki Baks»ni mağlub etdi. Uçraşuv maydon egalarining 113:103 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
«Leykers» yetakçisi Lebron Jyeyms jamoasiga 37 oçko olib keldi. U faoliyati davomida tölagan jami oçkolari miqdori 34 030ga yetdi.
Undan yuqori natijaga faqatgina Karim Abdul-Jabbor (38 387 oçko) va Karl Meloun (36 928) erişgan. Eng samarador basketbolçilar röyxatida törtinçi örinda 2020 yil yanvarida vertolyot qulaşi oqibatida halok bölgan Kobi Braynt (33 643) turibdi.
Jyeyms AQŞ terma jamoasi safida ikki karra olimpiya çempioni bölgan (Pekin-2008 va London-2012) hamda Afinadagi 2004 yilgi Olimpiadada kumuş medalni qölga kiritgan.












