«Real» rahbariyati «Monako»ning 18 yoşli hujumçisi Kilian Mbappeni qölga kiritiş fikridan qaytmagan.

AS naşri tarqatgan xabarga köra, futbolçi «Monako» tarkibida qolib, JÇ-2018 musobaqasiga boriş uçun öyin amaliyotiga ega bölişni maqsad qilgan. Monegasklar jamoasi ham yangi mavsumda undan voz keçişni istamayapti.

Bunday vaziyatda «Liverpul», «Arsenal», «Mançester Yunayted» va «PSJ» jamoalari ham talabgor bölib turgan futbolçiga ega böliş uçun «Real» öziga xos ayyorlikka qöl uradi.

Qirollik klubi yoş hujumçi bilan şartnoma imzolab, keyin uni «Monako»ga bir yil muddatga ijaraga bermoqçi. 

«Monako»ga uşbu futbolçi transferi uçun «Real» 135 mln yevro tölaydi.

Futbolçining özi bundan oldinroq Çempionlar ligasida ğoliblik uçun kuraşadigan jamoa safiga ötişni orzu qilişi, faqat öziga asosiy tarkibdan joy kafolatlovçi jamoada öynamoqçi ekanini ma'lum qilgandi.