Amerikalik olimlar global isiş jarayonida Yerning tropik mintaqalarida yoğingarçilikning köpayişi haqida ma'lum qilişdi. Nature Communications'da şu haqidagi maqola taqdim etildi. 

Olimlarning fikriça, mavjud iqlim modellarida kelgusida yoğadigan yoğinlar soni berilgan. Bu modellarda atmosferadagi issiqlikni öziga tortuvçi tropik bulutlarning qisqarişi inobatga olinmagan.

Global isiş ta'siri ostida bunday bulutlar kamayadi. Yer yuzida harorat oşganda havo oqimlarining global siljişi röy beradi va bu tropik bulutlarning kamayişiga olib keladi. 

Olimlar iqlim modellariga boğliq barça ma'lumotlarni örganib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, ularning aksariyatida harorat isişi natijasida yoğinlarning köpayişi inobatga olinmagan.

Olimlarning sözlariga köra, ular yangi parametrlar yordamida iqlim modellarini yanada takomillaştirişadi.