Turkiya milliy iqtisodiyot vazirligi 2017 yilning yanvar-aprel oylarida 76 ta yangi mehmonxonani quriş rejasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

Körsatilgan davrda idora umumiy qiymati ikki milliard turk lirasidan köproq bölgan 128 loyihani amalga oşirişni ma'qulladi. Şu bilan birga, ulardan 76 tasi yangi mehmonxonalarni qurişni nazarda tutadi, qolganlari – mehmonxonalar, turistik majmualarni ta'mirlaş va modernizatsiya qiliş, talabalar yotoqxonalarini qurişga tegişli. Loyihalarni amalga oşiriş Turkiyada 4600 ta iş örnini yaratiş imkonini beradi.

Turkiya milliy iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma'qullangan loyihalarning katta qismi Antaliya viloyatida amalga oşiriladi.

Idora Antaliyada töqqizta, Istanbulda – yettita, Mugla, Bursa va Izmirda – beştadan yangi mehmonxonani qurişni ma'qullagan.