Jurnalist Abror Zohidov Qatar terma jamoasi JÇ-2018 saralaşida özi uçun natijasi ahamiyatsiz uçraşuvda Janubiy Koreya termasini mağlub etgaç va Özbekiston terma jamoasiga yordam qölini çözgaç, milliy terma jamoa futbolçilariga qaratilgan fikrlarini bayon qildi. Uning «Yaratganning inoyati — Boringga şukr Qatar» nomli maqolasi «Tribuna.uz» saytida naşr etilgan.

Aql bovar qilmas holat yuz berdi azizlar! Keçagina umidlar sönib turganida bugun kutilmagan joydan najot eşigi oçildi. Orqadan xavf solgan Xitoy va Suriya bir birlarining oyoğidan çalgan bölsalar, biz quvib ketayotgan Janubiy Koreya Qatar maydonida qoqildi. Xöş, bundan ortiq yana nima kerak?! Endi hammasi özimizga boğliq. Maydonga arslondek şaxd bilan kirib kelib, töpni burgutdek çangallab uçmoq kerak.

Futbolimizni rosa tanqid qilganman. 
•    “Suriyaga qarşi öyin sizga yoqqan bölsa, vovullaşga tayyorman” 
•    “Har birimiz termamizni istagança tanqid qilganmiz, sökkanmiz, qaytib uning öyinlarini körmaslikka qasamlar içganmiz. Lekin qarindoş singari terma jamoa ham tanlanmaydi şekilli. Uni qanday bölsa şundayligiça qabul qilişga majbursan. Ya'ni xohlaysanmi xohlamaysanmi, maqtaysanmi sökasanmi baribir, öyin boşlanganda sekin televizor qarşisiga çökasan. Çunki Özbekiston öynayapti! Vatan bu axir!” 
•   “Nega 25 yildirki bir joyda depsinaveramiz?! Nega yillar ötgani sayin jahon arenasida faqat orqaga ketayotganimizni his qilib yaşaymiz?! Özbek futboliga millat şa'nini yerga uriş, darajamiz bilan şarmanda qiliş uçun pul sarflayapmizmi yoki?!” 
•   “... futboldan butkul voz keça qolaylik... Futboldan ortgan pullarga kuraşni, boksni rivojlantiraylik. Axir muştdekkina yigitçamiz Hasanboy közi yonib oltinni qölga kiritganida yiğlamagan, özbek ekanligidan ğururlanmagan odam qoldimi? Uning va butun jamoaning ortidan ring yonida har bir zarba uçun ming yonib kuygan murabbiy kim-u Babayan kim?! Qay biri köproq e'zozda, öxşatişning örni bölmasa-da, qay biri köproq boy?!”

Bular mening sözlarim va heç biridan tonmayman. Ammo terma jamoadagi yigitlarga yangi murojaatim bor: “Yigitlar! Sizga Alloh Qatarning oyoqlari bilan yangi inoyat berdi! Hammasi endi sizlarga boğliq. Qolgan ikkita öyinda kerakli natijaga erişib, hammamizni qoyil qildirib taşlang! Mundial yöllanmasini qölga kiriting va mikrofonni olib “Keça ötirvolib bizni tanqid qilayotgan qalamkaş qani, buyoqqa çiqsin” deng. Men boşimni egib boray, har biringizdan alohida keçirim söray, kamiga har biringizning söz darralari urilgan yelkangizga özbekça çopon yopay, quvvat bir ketib bir kelaveradigan bellaringizdan quçib qiyiq boğlay, Babayanning biri biridan mukammal kombinatsiyalari qalaşib ketgan boşingizni silab döppi kiydiray.