Qatar termasi a'zolari Osiyo Kubogidagi g‘alaba uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan darajada mukofotlandimi?

Foto: Getty Images
O‘tgan hafta Qatar terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lib, o‘z tarixidagi eng katta yutuqni nishonladi. Ushbu muvaffaqiyat ortidan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat amiri Hamad bin Xalifa Ol-Soniy jamoa a'zolariga juda katta tuhfalar tortiq qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlarda Qatar termasining har bir futbolchisiga quyidagilar taqdim qilinishi aytiladi:
– Londonda kvartira;
– 2 mln funt sterling atrofida pul mukofoti;
– umrlarining so‘ngiga qadar to‘lanadigan oylik maosh;
– so‘nggi rusumdagi Lexus avtomashinasi;
– amir saroyida u bilan tushlik.
Katta ehtimol bilan ushbu ma'lumot mish-mish xolos. U dastlab, 2 fevral kuni Yaqin Sharq futbolini yorituvchi eronlik frilanser Sina Saymian tomonidan Twitter`da tarqatilgan. Bir qator resurslar, xususan «Fox Spors Asia» sayti ham unga iqtibos keltirgan holda ushbu yangilikni nashr etgan. Ammo ayni paytda Saymianning bu tvitini uning sahifasidan topish imkonsiz: u bu ma'lumotni o‘chirib yuborgan, shu bilan birga uning tvitiga javob yozgan tarmoqning boshqa foydalanuvchilaridan retvitlarni saqlab qolgan.
Ta'kidlash kerakki, Qatarning «Al-Jazeera» telekanali hamda ingliz tilida faoliyat yurituvchi eng yirik nashrlari – «The Peninsula», «Gulf Times», «Qatar Tribune» kabilarda bu haqda ma'lumot uchramaydi.
Shuningdek, yuqoridagi manbalarda Osiyo chempionlari qay tariqa mukofotlanishi borasida ham xabarlar yo‘q.
Fakt shuki, Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol-Soniy terma jamoani Doha aeroportida kutib olish uchun shaxsan o‘zi chiqqan. Qirollik oilasi va mamlakat rahbariyatining boshqa a'zolarining ham ishtirokida o‘tgan aeroportdagi tantanali marosimda delegatsiyani olib kelgan samolyot suv salyutlari bilan qarshi olingan, keyinroq pirotexnik salyutlardan ham foydalanilgan.
Shu bilan birga, harbiy orkestr madhiya ijro etgan, mamlakat harbiy havo kuchlarining Mirage rusumli ikkita qiruvchi samolyoti Doha osmonida namoyishli manevrlar o‘tkazgan, vertolyot amirning ulkan surati va Qatar bayrog‘ini olib uchgan, o‘ndan ortiq kichik samolyotlar havo paradida qatnashgan. Shundan so‘ng jamoa Osiyo kubogi bilan usti ochiq avtobusda Doha ko‘chalarini kezib chiqqan. Chempionlik sharafiga ulkan hajmdagi bayram torti va pochta markalari tayyorlangan.





Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
Mavzuga oid

23:40 / 20.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi

01:32 / 07.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

22:07 / 06.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi

09:37 / 04.04.2025