Bugun BAA mezbonligidagi ikkinçi Osiyo Kubogiga yakun yasaladi. Abu-Dabidagi final uçraşuvida Yaponiya va Qatar terma jamoalari özaro bahs olib boradi.

Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00da özbekistonlik hakam Ravşan Ermatovning huştagi bilan start oladi.

Quyida hal qiluvçi bahs atrofidagi ba'zi faktlar keltirib ötiladi.

Terma jamoalar
– Yaponiya Osiyo Kubogidagi 9-iştirokida 5-marta finalga çiqdi. Bu terma jamoa avvalgi törtta finalning barçasida ğalaba qozongan. Yaponiya qit'aning eng köp karra çempioni hisoblanadi.

– Qatar 10-iştirokida birinçi marta finalga çiqdi. Bundan avval qatarliklar çorak finaldan öta olmay kelişgan.

– Jami 17ta Osiyo Kubogida 10ta terma jamoa finalda öynagan. Qatardan avvalgi 9ta debyutant finalçidan 4tasi çempionlikka erişgan.

– Qatar finalga qadar öz darvozasidan birorta gol ötkazib yubormadi. Yaponiya 3 marotaba (Turkmaniston va Özbekiston bilan bahslarda) öz darvozasidan töp olib çiqdi.

– Yuqoridagi faktning davomi sifatida, Qatar bitta çempionat doirasida qayd etilgan töplar nisbati (+16) böyiça Osiyo Kubogi rekordini örnatdi.

– Qatar zarbalarni golga aylantiriş borasida (34%) musobaqaning eng yaxşi jamoasi bölib turibdi. 20 foiz samaradorlik qayd etgan Yaponiya va Özbekiston terma jamoalari bu borada yuqori uçlikka kirgan.

– Darvoza daxlsizligini saqlaş böyiça Yaponiyaning ham körsatkiçlari yomon emas: yaponlar turnirdagi oxirgi 11ta öyinidan 8tasida gol ötkazib yuborişmagan.

– Yaponiya va Qatar hozirga qadar Osiyo Kubogi doirasida 4 marotaba töqnaş kelgan. 1998 yilga töğri kelgan birinçi öyinda Qatar, keyingi 2ta öyinda durang, 2011 yildagi oxirgi uçraşuvda Yaponiyaning ğalabasi kuzatilgan. Töplar nisbati 7:5, Qatar foydasiga.

Futbolçilar