Argentina terma jamoasi Xorxe Sampaoli rahbarlagidagi ikkinçi öyinda ham ğalaba qozondi. Argentinaliklar Singapurda mahalliy terma jamoani 6:0 hisobida tor-mor etdi.
Birinçi bölimda mehmonlar ikkita gol urişdi. 25-daqiqada Federiko Fasio hisobni oçdi, 6 daqiqa ötib Xoakin Korrea ustunlikni oşirdi– 2:0. Tanaffusdan keyin Argentina hisobni yirik körinişga keltirdi.
60-daqiqada Alexandro Gomes, 74-daqiqada Leandro Peredes öz nomlarini tabloga yozdirişdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Lukas Alario va Anxel Di Mariya beşinçi va oltinçi gollarni urişdi.
Ötgan haftada Argentina Neymarsiz Braziliyaga qarşi nazorat öyinida ğalaba qozongandi (1:0).
Qayd etiş kerakki, Singapurga qarşi öyinda argentinaliklar yetakçisi Lionel Messi iştirok etmadi. Bunga yaqin vaqt içida uning nikoh marosimi bölib ötişi sabab sifatida körsatildi. Bu esa singapurliklarning noroziliklariga sabab bölgandi.
Örtoqlik uçraşuvi
Singapur – Argentina 0:6 (0:2, 0:4)
Gollar: 0:1 – 25 Fasio, 0:2 – 31 Korrea, 0:3 – 60 Gomes, 0:4 – 74 Paredes, 0:5 – 90 Alario, 0:6 – 90 Di Mariya.
Singapur – Sanni (Maxbud, 50), Bennett, Baxarudin, Xamid (Ramli, 86), Abu Sudjad, Arifin (Şafik, 85), Xarun, Nazari, Xamza (Sulayman, 67), Moxammadkamal (Isxak, 65), Axmad (Mustafiç, 57).
Argentina – Gusman, Bigliya (Banega, 46), Mammana, Fasio, Di Mariya, Salvio, Korrea (Alario, 46), Lansini (Paredes, 60), Gomes (Fernandes, 70), Akunya, Dibala.
Messi töy qilaman deb Argentina terma jamoasi öyinidan voz keçdi












