Uzoq yillar davomida daltonizmdan aziyat çekkan Kris Smeltser ismli 50 yoşli amerikalik kişiga dunyoni turli ranglarda köriş imkonini beruvçi maxsus közoynak sovğa qilişdi. Yaqinlari uning atrofdagi ranglarga reaksiyasini videoga muhrlaşdi.
"Voy Xudoyim", - deydi u közoynakni taqişi bilan. Şundan söng qöllarini, atrofni diqqat bilan örgana boşlaydi.
"Havorang jinsi şim, töğrimi?", - deya söraydi u oyoqlariga qarab.
Video sönggida Smeltser daraxtlarga tikilib turadi va köz yoşlarini tiyib tura olmaydi. "Bu ajoyib! Aqlga siğmaydi. Rahmat sizlarga", - deydi u.
Rolikni taqdim etgan Delayla Smeltser video ostidagi izohda "Kris şu qadar his-tuyğularga tölib ketdiki, bor köz yoşini tökib oldi" deb yozdi.












