Italiya tarixida eng yirik temir yöli falokatlartdan biri yuz bergan Apuliya viloyatida salkam bir yil ötib, ikkita poyezd töqnaşib ketdi. Buning oqibatida 10 kişi jarohat oldi, deb xabar berdi mahalliy OAV.
Töqnaşuv yirik şahar Leççedan bir neça kilometr uzoqlikda sodir böldi. Taxmin qilinişiça, bir-biriga qarama-qarşi kelayotgan poyezdlar yöldan-yölga ötkazadigan mexanizmning buzilganligi oqibatida töqnaşib ketgan. Bu hududda harakat bitta temir yöldan amalga oşiriladi.
Tezlik unça yuqori bölmaganligi sababli jarohatlanganlar unça köp bölmagan va poyezdlarga katta talofat yetmagan. Hammasi bölib poyezdda 80 nafar yölovçi bölgan.
Hodisa joyiga qutqaruvçilar va öt öçiruvçilar yetib kelişgan va yölovçilarni poyezdlardan evakuatsiya qilib, maktab avtobusida yaqin oradagi San-Donato aholi punktiga yetkazişgan.
2016 yil iyulda Apuliyada yirik temir yöl falokati yuz bergandi: ikkita yölovçi poyezdi katta tezlikda Andriya şahri yaqinida töqnaşib ketgan. Töqnaşuv oqibatida 23 kişi halok bölgan, 50ga yaqin kişi jarohat olgan. Şuningdek, 3 ta vagon butkul vayron bölgan.











