Iqtisodiyot | 00:19 / 14.06.2017
12047
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qatar geliy ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Foto: Reuters

Dunyoda geliy ishlab chiqarish bo‘yicha 2-raqamli ishlab chiqaruvchi hisoblanadigan Qatar o‘z qo‘shnilari tomondan e'lon qilingan iqtisodiy boykot sababli inert gazni tayyorlash bo‘yicha korxonalari yopishga majbur bo‘ldi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Qatardagi ikkita geliy ishlab chiqaruvchi korxona Qatar Petroleum davlat neft-gaz kompaniyasi filiali bo‘lgan RasGas tashkiloti tomondan boshqariladi. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, korxonalar Saudiya Arabistoni Qatar bilan chegarasini yopgani sababli yopilgan, chunki Saudiya Arabistoni shu tariqa geliyni quruqlik bo‘ylab eksport qilish yo‘lini to‘sib qo‘ygan.

Yopilgan korxonalar yiliga 2 mlrd kub metr geliy ishlab chiqargan, bu miqdor esa bu gazga dunyodagi talabning 25 foizini ta'minlagan. 

Geliy xalq xo‘jaligida, jumladan metallurgiyada, oziq-ovqat sanoatida va pufaklarni shishirishda keng qo‘llanadi.

Mavzuga oid